Чтение онлайн

на главную

Жанры

Шрифт:

Chipta sotib o‘tirishni o‘rtoqlarimga topshirdim. Hech qaysisi pul so‘rab ota-onasini bezovta qilmadi. Bu tashkilotchining, ya’ni mening bosh og‘rig‘im edi. Ota-onam meni qo‘llab-quvvatladi.

Homiylar bilan ham o‘zim kelishdim. «Aylin» turk pechenyesi maktabimiz hisob raqamiga 25 ming o‘tkazdi. Maktab direktori shundan bir yarim ming so‘mni ovoz kuchaytirgich – usilitelga deb berdi. Qolgan pulni ko‘rmadim. Direktor bizni chuv tushirdi.

Yana bir hamkorimiz «Radio-peydj»1 bo‘ldi. Konsertimiz haqida tekinga e’lon berishdi. «Nestle» kompaniyasi esa o‘zini zontlarini o‘rnatib, stakanda kofe tarqatdi. Yana uch-to‘rtta homiyni ko‘ndirish uchun tijorat taklifi bilan butun shaharni aylanib chiqdim. Boshqa hech kim rozi bo‘lmadi.

Ravshan Sobirov, Guli Tolipovaning menejerlariga, boshqa artistlarga ham qo‘ng‘iroq qilib, konsertda chiqib berishlarini so‘radim.

«Tomsuvoq»qa ko‘ndirdim.

Tabiiyki, mingta chipta sotolmadik, ikki yuztasi ketdi, xolos. Homiylarning oldida sharmanda bo‘lmaslik uchun bo‘sh joylarni mehmonlar bilan to‘ldirdik. Mehribonlik uyi direktoriga iltimos qilib, tarbiyalanuvchilarini opkeltirdim.

Hamma yig‘ildi. Ammo… birorta artist yo‘q. Qo‘ng‘iroq qilaman, hech qaysisi javob bermaydi. Odamlar qarsak chala boshladi, oradan bir soat o‘tdi, bittasiyam kela qolmaydi.

Bir balo qilib, endigina tanilayotgan Davron Ergashevni topdik, konsertni shu boshlab berdi. Omadim chopib, tadbirni olib borishga professional boshlovchi ham chiqib qoldi. Keyin Otabek Madrahimovga o‘xshab ketadigan bir yigitni ko‘rsatishdi. Chiroqlar o‘chirildi, maxsus effektlar yoqildi, yigitchani sahnaga chiqarib yubordik, fonogramma ostida «kuyladi».

Viktorina o‘tkazildi, «Nestle» kofelari tarqatildi. Xullas, prodyuser degan nomimni oqladim.

Faqat kimdir «Nestle» zontigini o‘marib ketibdi. Oyimga qo‘ng‘iroq qilib, shuniyam yetkazishdi. O‘rniga o‘zlarining soyabonlarini ko‘tarib kelibdilar. Yo‘qolgan zont egalari matohlari qanchayam dollar turishini aytishdi. Onam dollarda oldi-berdi qilib yurgan bo‘lsalar ham mayli ekan.

Men «Nestle» direktoridan qarzimizdan kechishini yalinib so‘radim. O‘shanda nega bizni kechirganini bilmayman. Ko‘ziga judayam ayanchli va rostgo‘y ko‘ringan bo‘lsam kerak-da. Konsertdan tushgan foydani o‘rtog‘im va sherigim Sardor bilan sovurib yubordik. Eng zo‘r ko‘zoynak, krossovkalar sotib olib, o‘zimizni xuddi ommaviy tadbirlar direktorlaridek tuta boshladik. Oyimga bo‘lsa olgan o‘n mingimdan ming so‘mgina qaytardim, orttirganim shu bo‘ldi.

Baribir konsert chiroyli o‘tdi. Shu sakkiz yuz kishilik tadbirni o‘tkaza olganimiz ham bir omad, deb o‘ylayman. Yaratganning qo‘llagani bu. Agar qo‘shiqchilar kelmaganida, bilmadim nima bo‘lardi, sahnaga o‘zim chiqib ketarmidim…

Bizning yoshligimizda biznes qilish bir avantyura, g‘irt tavakkalchilik edi. Hozir bo‘lajak tadbirkorlarga aniq, har tomonlama puxta biznes-reja tuzishni, pul bilan imkoniyatlarni chamalashni, bozor va raqobatchilar ishini tahlil qilishni o‘rgatishadi. U paytda esa biz ishni oldi-orqamizga qaramay boshlab yuborardik. Tayinli bir rejaning o‘zi bo‘lmasdi. Xuddi eshkaksiz qayiqqa o‘tirib olib, oqim qaysi tomonga olib ketsa, manzilimiz shu ekan, deb ketayotgan sayohatchilarga o‘xshardik. Pul topish uchun nima qilish kerakligini keyinroq tushuna boshladim. «Soliq-info» loyihasi ana shunday paydo bo‘ldi.

1 «Radio Peydj Semurg» – peyjing kompaniyasi.

IV

Soliq-info

Karimov davrida hamma muharririni taniydigan, ismini biladigan yagona mustaqil sayt «Uzmetronom» edi. Biz har kuni proksi serverlar orqali kirib, Sergey Yejkovning «Tahririyatga xatlar» deb taqdim etadigan insayder yangiliklarini o‘qirdik. Ammo men o‘shandayoq bu maqolalarning so‘z erkinligiga umuman aloqasi yo‘qligi, shunchaki o‘ch olish quroli ekanligini tushunganman.

Karimovning qabuliga kirmoqchi bo‘lganlarga arzirli sabab kerak edi. Shuning uchun «Uzmetronom» xabarlarini qog‘ozga chiqarib, «Matbuotda mana nimalar berilyapti…» degan bahona bilan kirishardi. «Matbuot» esa kimga buyurtma tushsa, o‘shaning ustidan mag‘zava ag‘darardi. Mening familiyam bu saytning doimiy «bezagi» bo‘lgan. Sergey Aleksandrovich qo‘ygan har bir qadamim haqida ma’lumot berardi va xabarni chiroyli badiiy to‘qimalar bilan qorishtirishni boplardi. Maqolalarini qoyilmaqom qilib yozardi-yu, lekin faktlari ancha bo‘sh bo‘lardi. Gapi ishonarli chiqishi uchun oz-moz haqiqat ham aralashtirib qo‘yardi, albatta.

Meni «Parpiyevning jiyani»ga chiqargan va bor yutuqlarimni (buni ko‘proq muvaffaqiyatsizlik degan bo‘lardim) qarindosh-urug‘chilikka yo‘ygan aynan shu odam bo‘ladi.

U «Soliq-info»ga majburiy obuna uyushtirilganini qoralab maqola yozgan va tagida shunday izoh qoldirgan edi: «Yurtimizda «Soliq va bojxona xabarlari» gazetasi bor-ku, yana bitta gazetaga nima hojat?» Muallif faqat bir masalaga aniqlik kiritishni unutgandi. «SBX» – xususiy nashr. Bu gazeta ham u paytga kelib, xo‘jalik hisobiga o‘tgan «Pravda Vostoka», «Xalq so‘zi», «Postda» va boshqa barcha davlat nashrlari kabi majburiy obuna hisobiga kun ko‘rardi. Respublikaning deyarli 99% nashri majburiy obuna orqali tarqatilardi. «Soliq-info» ulardan biri edi, xolos. Lekin hamma «olqishlar» faqat mening boshimga yog‘ildi. Vaholanki, men qonunni buzmagandim. Qolgan nashrlarning egalari bir chekkada muloyimgina bo‘lib turishdi. O‘sha davrda holat bunday edi: senzura kuchli, so‘z erkinligi yo‘q, gazetalar o‘qishli emas, hech kim sotib olmaydi. Lekin barcha nashrlarning yopilib ketishiga ham yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Shuning uchun davlat o‘zi bosh-qosh bo‘lib, deyarli barcha gazetalarga obunani tashkil qilib berardi.

Shaxsan men buni noto‘g‘ri deb hisoblayman. Administratsiya rahbari o‘rinbosari qilib tayinlanishim bilan majburiy obunaga chek qo‘yish haqida buyruq berdim. Gazetalarga raqamli texnologiyalardan foydalanib, dijital marketingga o‘tishni va bozor iqtisodiyotiga moslashishni taklif etdim. «Soliq-info»ni ham yopdim.

2008-yil

«Soliq-info» o‘zi qanday paydo bo‘ldi? Parpiyev bir necha marta «SBX» gazetasining muassisi Mixail Markovich Perperga gazetani tuzukroq chiqarish, sifatli qog‘ozda, ranglarini tiniq qilib chop etish kerakligini gapirgan. Haqiqatan, gazetaning qog‘ozi o‘ta arzon, ko‘rinishi talabga javob bermasdi. Mixail Markovich har safar «xo‘p», deb, yana o‘z bilganini qilardi. DSQ raisiga yoqmagani uchungina gazetaning tannarxini oshirishdan ma’no yo‘q, deb hisoblar edi.

Perper raisning aytganini qilavermagach, Parpiyev navbatdagi xizmat yig‘ilishida hammaning ichida mendan: «Gazeta chiqarish qo‘lingdan keladimi? – deb so‘radi. – Qog‘ozi ham, bosmasi ham sifatli bo‘lishi, foydali ma’lumotlar bilan boyitilishi kerak.»

Albatta qo‘limdan keladi! Soliq qo‘mitasida bir dunyo ma’lumot bo‘lsa! Buxgalterlardan doimiy savollar kelib turar, soliq inspektorlari ularning har bittasiga alohida yozma javob berishardi. Bu javoblar esa hamma uchun foydali edi.

Ammo bitta muammo chiqib qoldi. «SBX»ni barcha davlat tashkilotlari buxgalterlari olishlari shart edi. Bizning gazeta ham o‘zini qoplashi uchun obunani yo‘lga qo‘yishimizga to‘g‘ri kelar ekan.

Поделиться:
Популярные книги

Законы Рода. Том 6

Flow Ascold
6. Граф Берестьев
Фантастика:
юмористическое фэнтези
аниме
5.00
рейтинг книги
Законы Рода. Том 6

Мастер Разума IV

Кронос Александр
4. Мастер Разума
Фантастика:
боевая фантастика
попаданцы
аниме
5.00
рейтинг книги
Мастер Разума IV

Эфемер

Прокофьев Роман Юрьевич
7. Стеллар
Фантастика:
боевая фантастика
рпг
7.23
рейтинг книги
Эфемер

Идеальный мир для Лекаря 3

Сапфир Олег
3. Лекарь
Фантастика:
фэнтези
юмористическое фэнтези
аниме
5.00
рейтинг книги
Идеальный мир для Лекаря 3

Сумеречный Стрелок 3

Карелин Сергей Витальевич
3. Сумеречный стрелок
Фантастика:
городское фэнтези
попаданцы
аниме
5.00
рейтинг книги
Сумеречный Стрелок 3

Корсар

Русич Антон
Вселенная EVE Online
Фантастика:
боевая фантастика
космическая фантастика
6.29
рейтинг книги
Корсар

Ну, здравствуй, перестройка!

Иванов Дмитрий
4. Девяностые
Фантастика:
попаданцы
альтернативная история
6.83
рейтинг книги
Ну, здравствуй, перестройка!

Последний попаданец 2

Зубов Константин
2. Последний попаданец
Фантастика:
юмористическая фантастика
попаданцы
рпг
7.50
рейтинг книги
Последний попаданец 2

Последняя жена Синей Бороды

Зика Натаэль
Любовные романы:
любовно-фантастические романы
5.00
рейтинг книги
Последняя жена Синей Бороды

#Бояръ-Аниме. Газлайтер. Том 11

Володин Григорий Григорьевич
11. История Телепата
Фантастика:
фэнтези
попаданцы
аниме
5.00
рейтинг книги
#Бояръ-Аниме. Газлайтер. Том 11

Мастер...

Чащин Валерий
1. Мастер
Фантастика:
героическая фантастика
попаданцы
аниме
6.50
рейтинг книги
Мастер...

Лорд Системы 8

Токсик Саша
8. Лорд Системы
Фантастика:
фэнтези
попаданцы
рпг
5.00
рейтинг книги
Лорд Системы 8

Титан империи 2

Артемов Александр Александрович
2. Титан Империи
Фантастика:
фэнтези
боевая фантастика
аниме
5.00
рейтинг книги
Титан империи 2

Законы Рода. Том 4

Flow Ascold
4. Граф Берестьев
Фантастика:
юмористическое фэнтези
аниме
5.00
рейтинг книги
Законы Рода. Том 4