Чтение онлайн

на главную

Жанры

Шрифт:

Oyim qornimni to‘ydirish uchun ishdan kelishimni albatta poylab o‘tirardilar. Ikki xonali uyda olti kishi – adam, oyim, buvim, ikki singlim va men yashardik.

Biz – bolalar buvim bilan bitta xonada, yerga ko‘rpacha to‘shab uxlar edik. Buvim menga duo qilishni o‘rgatganlar. Har kuni uxlashdan oldin qiladigan duolari xotiramga qattiq o‘rnashib qolgan. Ma’nosini tushunmasdim-u, baribir qandaydir xotirjam bo‘lib qolardim. Keyin esa o‘z bilganimcha, derazaga, yulduzlarga qarab duo qilardim. Xudo eng yorug‘ yulduz tomonda, u meni aniq ko‘rib turibdi, menga yordam beryapti, yaqinda boy, mashhur va baxtli bo‘lib ketaman, deb qattiq ishonardim…

Lekin hozircha har kuni ertalab MTRK eshigida sarg‘ayib, kimdir meni o‘zi bilan olib kirib ketishini poylardim. Menga hatto ichkariga kirish uchun ruxsatnoma ham berilmagan, shuning uchun doim kimningdir etagiga osilib olardim. Sabrim chidamay, ichkariga qo‘ng‘iroq qilsam,

«Davr»ning mas’ul kotibi Dilshod aka menga bobillab berardi: «Qo‘ng‘iroq qilaverma! Hammaning joniga tegib ketding! O‘shatta kutib o‘tir!» Mayli, umri uzoq bo‘lsin. Lekin shu gaplarni o‘qisin, bir paytlar meni hatto ruxsatnomagayam loyiq ko‘rmagan edi. Haligacha alam qiladi. Undanam yomoni, maosh beriladigan kuni «Davr»ning hamma xodimlari yetmish ming, yuz ming so‘mlab olib, cho‘ntagini to‘ldirib ketishar, menga esa bir yarim-ikki ming so‘m tegardi. Direktorimiz, agar iloji bo‘lganida, telestudiyaning tabarruk polini oyoqosti qilganim uchun yonimdan to‘lattirarmidi, deb o‘ylab qolaman.

Keyin meni FVV matbuot xizmatiga ishga chaqirishdi. Bu hayotimdagi birinchi haqiqiy omad edi. FVV binosi shaharning qoq markazida, hozirgi Senatning o‘rnida joylashgandi. Bu vazirlikka kirish ham xuddi MTRK binosiga kirishdek qiyin bo‘lgan. Ochig‘i, men «Davr»dan hecham ikkilanmay, jon deb ketdim. FVVdan guvohnoma, forma berishdi, bosh mutaxassis lavozimiga tayinlashdi. Qanchalik omadim kelganini xayolga ham keltirish qiyin – men o‘sha paytda o‘zboshimchalik bilan «zachyotka»ga baho qo‘yganim uchun institutdan haydalgandim.

MTRK apparat studiyasida «Soliq xizmati» ko‘rsatuvini yozib olish jarayoni.

Men o‘qimoqchi bo‘lgan O‘zMU jurnalistika fakultetiga kirish qiyin, konkurs katta edi. Kirishimga ko‘zim yetmadi, tinchgina San’at institutining rejissorlik fakultetiga hujjat topshira qoldim. Rejam oddiy edi – bir yil o‘qib, keyin jurfakka «perevod» qilaman. O‘qishga kirishdan ko‘ra ko‘chirish osonroq. Rektorning menga munosabati juda yaxshi edi, ammo ikkita fandan kuzga qoldim. Bittasini-ku, kursdoshim Dilmurod bilan amalladik – baho qo‘yib berishga domlani ko‘ndirdik. Buyam lekin oson bo‘lmadi, chunki xuddi shu odam meni deb dekan o‘rinbosari lavozimidan olib tashlangan va oddiy o‘qituvchi qilib qo‘yilgan edi. Men uning ichib yurishini rektorga chaqib berganman. Shunda ham domla menga yordam berdi. Sahna nutqi fanini esa «yopolmay» qol-dim. O‘qituvchi opaxon dam olishga ketibdi. Shu fandan baho olmasam, o‘qishni ko‘chirib bo‘lmas ekan.

Somsaxonada o‘rtog‘im bilan «zachyotka»larimizga birpas qarab o‘tirdik. Men somsadan bir tishlab, daftarchaga «uch» bahoni o‘xshatib chizdim. Somsaga qo‘shib insofniyam yevorganim yo‘q, «besh» emas, «uch» qo‘ydim, xolos. Keyin o‘rtog‘imga ham boplab chizib berdim. O‘zimizcha, bu ayolning ham bolalari bordir, bizni to‘g‘ri tushunsa kerak, taqdirimiz hal bo‘lyapti-ku, kelganida hammasini ochiq aytib beramiz, u bizni kechiradi, debmiz. Hujjatlarni topshirdik. Buyog‘iga buyruqni kutish qoldi.

Ikkinchi sentabr kuni opaning oldiga bordik. Gapni uzoqdan boshladim: oilada yolg‘iz o‘g‘illigim, ota-onam meni odam bo‘lsin deb, ToshDUga7 kirishimni bir umr orzu qilgani…

– Nima demoqchisan? – so‘radi Xatira opa.

– Biz o‘qishni ko‘chirmoqchi edik. Siz dam olishga ketgan ekansiz. Shunga, nomingizdan o‘zimizga «uch» baho qo‘yib… Uzr endi, opa…

To‘g‘risini aytsam, Xatira opaning bunchalik jahli chiqishini kutmagandim. Xuddi men «zachyotka»ga baho emas, vasiyatnomasiga qalbaki imzo qo‘ygandek, birdaniga portlab ketdi.

– Bu nimasi, Komiljon? Axir bu jinoyat-ku! Noqonuniy ish qilgansiz!

Xatira opa gapirgani sayin nima ish qilib qo‘yganimni, qalbaki «uch» arzimagan narsa emasligini tushunib yeta boshladim. U bizni rektorning yoniga sudrab bordi: «Agar bu ikkovini hoziroq institutdan haydamasangiz, men ketaman!» – deb shart qo‘ydi. Qattiq turib oldi. Chunki talabaning, ustiga ustak kelajakda mafkurani belgilaydigan talabalarning yolg‘onini kechirib bo‘lmaydi. Shuncha yalinsak ham, opa ko‘nmadi. Ikki oyog‘ini bir etikka tiqvoldi. Pul ham, tanish-bilish ham yordam bermadi.

Onamni chaqirtirib, shartta: «O‘g‘lingiz institutdan haydaldi», – deb e’lon qilishdi. O‘sha yerning o‘zida hushlaridan ketib qolmasinlar ishqilib, deb qo‘rqib turdim.

Oyim bilan Kosmonavtlar xiyobonidan jimgina yurib ketyapmiz. Kayfiyat rasvo. Sekin gap boshladilar:

– Mayli, Komiljon. Bildim, sendan katta odam chiqmas ekan. O‘zi rabochiyning bolasi rabochiy bo‘lar ekan-da. Hechqisi yo‘q, hozir adangning ishxonalariga boramiz, seni o‘zlariga yordamchi qilib oladilar. Hunarli bo‘lish ham yaxshi narsa. Moshina tuzatib non topasan.

Undan ko‘ra, tarsaki tushirganlari ming marta yaxshi edi. Onamning bor umidlari mendan, menga ishonardilar. Men bo‘lsam shuni bilib turib, pand berdim.

2002-yil

Mana endi chalamulla talabani vazirlikka ishga olishyapti. Xatira opadan ko‘pam xafa bo‘lmadim. Bu voqeadan katta saboq oldim, qaysidir ma’noda o‘sishimga ham shu sabab bo‘ldi. Eng asosiysi, yolg‘on ertami-kechmi fosh bo‘lishini vaqtida tushunib yetdim. Yolg‘onni ichingda saqlab, qachondir oshkor bo‘lishidan qo‘rqib yashagandan ko‘ra, qilmishingga yarasha o‘sha zahoti jazo olgan yaxshiroq ekan. Boshida FVV formasida, guvohnomamni ko‘tarib Xatira opaning oldiga bormoqchi bo‘lib yurdim. «Mana, kim bo‘lganimni bir ko‘rib qo‘ying…», – degim kelardi. Vaqt o‘tib, mening kelajagimga aynan Xatira opa turtki berganini tan oldim. U ustozning oldiga anchadan keyin bordim. Nimalarga erishganimni gapirib berdim. Lekin suhbatimiz umuman boshqa ohangda bo‘ldi.

U vaqtda esa mendan baxtli odam yo‘q edi. Hamma orzularim ushala boshlagan, oldinda meni omadli parvoz kutayotgandek edi.

Bu shiddatli parvoz to‘qqiz yil davom etdi. Shuncha yil har bitta ikir-chikirga e’tibor beradigan, talabchan perfeksionistning qo‘l ostida jonimni berib, bayram, dam olish nimaligini bilmay ishladim. Yo hammasini qoyil qilib qo‘yasan, yoki umuman keraging yo‘q. O‘shanda bir narsani sezganman – o‘zimga dushman orttirishga usta ekanman. Bu «fazilatim»dan umr bo‘yi qutulolmadim.

Поделиться:
Популярные книги

Шипучка для Сухого

Зайцева Мария
Любовные романы:
современные любовные романы
8.29
рейтинг книги
Шипучка для Сухого

Неверный. Свободный роман

Лакс Айрин
Любовные романы:
современные любовные романы
эро литература
5.00
рейтинг книги
Неверный. Свободный роман

Аристократ из прошлого тысячелетия

Еслер Андрей
3. Соприкосновение миров
Фантастика:
фэнтези
попаданцы
аниме
5.00
рейтинг книги
Аристократ из прошлого тысячелетия

Мимик нового Мира 10

Северный Лис
9. Мимик!
Фантастика:
юмористическое фэнтези
альтернативная история
постапокалипсис
рпг
5.00
рейтинг книги
Мимик нового Мира 10

Цеховик. Книга 1. Отрицание

Ромов Дмитрий
1. Цеховик
Фантастика:
попаданцы
альтернативная история
5.75
рейтинг книги
Цеховик. Книга 1. Отрицание

Ротмистр Гордеев 2

Дашко Дмитрий
2. Ротмистр Гордеев
Фантастика:
попаданцы
альтернативная история
5.00
рейтинг книги
Ротмистр Гордеев 2

На границе империй. Том 9. Часть 5

INDIGO
18. Фортуна дама переменчивая
Фантастика:
космическая фантастика
попаданцы
5.00
рейтинг книги
На границе империй. Том 9. Часть 5

Неудержимый. Книга XIX

Боярский Андрей
19. Неудержимый
Фантастика:
фэнтези
попаданцы
аниме
5.00
рейтинг книги
Неудержимый. Книга XIX

Мастер Разума III

Кронос Александр
3. Мастер Разума
Фантастика:
героическая фантастика
попаданцы
аниме
5.25
рейтинг книги
Мастер Разума III

Падение Твердыни

Распопов Дмитрий Викторович
6. Венецианский купец
Фантастика:
попаданцы
альтернативная история
5.33
рейтинг книги
Падение Твердыни

Егерь

Астахов Евгений Евгеньевич
1. Сопряжение
Фантастика:
боевая фантастика
попаданцы
рпг
7.00
рейтинг книги
Егерь

Отмороженный 4.0

Гарцевич Евгений Александрович
4. Отмороженный
Фантастика:
боевая фантастика
постапокалипсис
рпг
5.00
рейтинг книги
Отмороженный 4.0

Назад в СССР: 1985 Книга 4

Гаусс Максим
4. Спасти ЧАЭС
Фантастика:
попаданцы
альтернативная история
5.00
рейтинг книги
Назад в СССР: 1985 Книга 4

Вперед в прошлое 3

Ратманов Денис
3. Вперёд в прошлое
Фантастика:
попаданцы
альтернативная история
5.00
рейтинг книги
Вперед в прошлое 3